avatar
Куч
0.00
Рейтинг
0.00

Мақолалар

Mening bobom va buvim - mahallamiz faxri

“Менинг бобом, бувим-маҳалламиз фахри” мавзусида ташкил этиладиган “Энг яхши иншолар” танлови
Илм-фан
Mening bobom, buvim mahallamiz faxri.
Reja:
I.  Kirish.
 Qaddi baland elda qadri baland nuroniylar.
II.Asosiy qism:
1.       Bobo-buvilarimiz-duogo'ylarimiz
2.       Istiqlol davrida   qadr  topgan  keksalar
3.       Qarisi  bor uyning, parisi bor
4.       Bobom va buvim  mahallaning maslahatgo ‘ylari
III.Xulosa:
      Jasorat,Burch,Matonat.

Mening bobom va buvim - mahallamiz faxri

“Менинг бобом, бувим-маҳалламиз фахри” мавзусида ташкил этиладиган “Энг яхши иншолар” танлови
Илм-фан
                              Mening  bobom,  buvim- mahallamiz  faxri
Reja:
I.   Kirish. 2015-yil — Keksalarni  e'zozlash  yili.
II. Asosiy qism:
1.Keksalarni  e’zozlash  xalqimiz  udumlaridan  biridir.
2.Nuroniylar  el  ardog’ida.
3.Bobom – qalbi  daryo  muallim.
4.Buvim – el  ardog’idagi  shifokor.
Xulosa.Men  o’z  bobom  va  buvim  bilan  faxrlanaman.
 
Asl farzand bo'lay desangiz,
Gulday unib, o'say desaniz,
Duo olib to'lay desangiz,
Ezgu ishlar qilay desangiz,
Har bir tongni savobdan boshlang,
Keksalarni e'zozlab yashang.
 
Mamlakatimizda  har  bir  yilni  o’ziga  xos  nom  bilan  atalishi  zamirida  inson  maanfatlari  himoyasi,  milliy  va  diniy  qadriyatlarimizga  chuqur  hurmat  va  ehtirom  mujassam. Ayni  2015- yilni “ Keksalarni  e’zozlash  yili ”, deb  e’lon  qilinishi  bu  boradagi  xayrli  ishlarning  yana  bir  uzviy  davomidir. Muhtaram  yurtboshimizning  Asosiy  Qonunimiz  qabul  qilinganligining  22- yilligiga  bag’ishlangan  tantanada  alohida  ta’kidlaganlaridek,

Mening bobom va buvim - mahallamiz faxri

“Менинг бобом, бувим-маҳалламиз фахри” мавзусида ташкил этиладиган “Энг яхши иншолар” танлови
Илм-фан
Mening bobom va buvim  — mahallamiz faxri
Reja:
1. Ulug’larga qimmatli hadya.
2. Keksalarga bo’lgan e’tibor ham ma’naviyatdir.
3. Bobom va buvim – oilamiz davlati.
4. Nuroniylar — xonadonimiz farishtasi, mahallamiz faxri.
5. Qariyalarni qadrlash – oliy maqsad.                                
6. Keksalar hamisha e’zozda.                                                         
                                                Ota-bobolarimizga har tomonlama hurmat va ehtirom ko’rsatish
                                             barchamiz  uchun ham  qarz, ham farzdir.
                                                                                                                                (Islom Karimov) 
Ota-onam menga hamisha qariyalarni ko’rganingda yaxshi, samimiy gapirgin, ularning og’irini yengil qilib, ko’nglini ko’targin, deb nasihat qilashadi. Bu men uchun eng oson ish, keksalar uchun esa qimmatli hadya ekanligini eslatishadi.
            Millatimiz tarixida keksalar har doim hamma joyda tirik tarix, ajdodlarni ko’rgan ulug’ insonlardir. Ularga hamisha hurmat bilan qaralgan.
            Har qanday jamiyatning yoshi ulug’ odamlarga bo’lgan e’tibori va g’amxo’rligi uning madaniy darajasini belgilaydi. Keksalarga hurmat-ehtirom, mehr-oqibat ko’rsatish ma’naviy hayotimizning bir bo’lagi deb o’ylayman.
            Mening ham bobom va buvim bor. Ular oilamiz ustunlari desam yanglishmagan bo’laman. Men oilamizni bir qo’rg’onga o’xshaman. Chunki qo’rg’onning poydevori bobom va buvim, g’ishti ota-onam, hashamati esa biz farzandlardir. Bu oila atalmish qo’rg’onimizning qanchalik mustahkam bo’lishi, albatta, bobom va buvimga bog’liq. Bobojonim bilan buvijonim har ishda ota-onamga yaqin maslahatchi, biz nabiralari uchun esa suyanchiq, mehribon, oilamizga yo’lboshchidirlar. Shuningdek, ular mahallamiz faxriylari hamdirlar. Ular har doim biz yoshlarga yo’l korsatadilar. Mahallamizning mustahkam va ko’rkam bo’lishida boshqa keksalar qatori bobojonim va buvijonimning ham o’rnilari beqiyosdir. Men yashayotgan “Yangihayot” mahallasida ham ibratli  faxriylar juda ko’p. Jumladan, ikkinchi jahon urushi qatnashchisi bo’lgan Karim ota va Malikaxon onalar 12 nafar farzandni voyaga yetkazib, el xizmatiga shay turadigan, munosib farzandlar qilib tarbiyalaganlar. 28 nafar nabira, 16 nafar evaralarning sevimli buva va buvijonlari bo’lib baxtli keksalik gashtini surishmoqda. Chindan ham mahallamizda yashovchi bobo va buvilar biz yoshlarni atofdagilarga e’tiborli, mehrli, saxovatli bo’lishga o’rgatishadi. Xayrli ishlarning boshida turishadi.
           Mahallamizdagilarning turli sohalarda erishayotgan yutuqlarida mo’tabar keksalarimizning unutilmas va ulkan xizmatlari borligini biz ular oldida umrbod qarzdor ekanligimizni unutmasligimiz kerak. Qo’limizdan kelgancha keksalarning og’irini yengil, umrini uzoq qilishni  o’zimizning insoniy burchimiz deb bilishimiz lozim. Yoshi ulug’ insonlarimiz doimo yaxshi niyat, ertangi kunimizga katta umid bilan yashaydilar. Bu ularning sof qalb egasi ekanliklaridan dalolar beradi. Mana shunday sof qalb egasi bo’lgan keksalarimizning borligi, oilamiz boshi bo’lib sog’ – salomat yurishlari biz uchun dunyodagi eng katta boylikdan afzal ekanligini yuragimning tub-tubidan his qilaman. Haqiqatan,  el-yurt manfaati yo’lida fidokorlik ko’rsatib, qarilik pallasiga etgan ota-bobolarimiz mehnati va jonbozligini qadrlash va ularga hurmat va ehtirom ko’rsatish ulug’ ishlardan biridir.
            Xonadonlarimiz ko’rki va mahallamiz faxri  bo’lgan piri badavlat keksalarimizni har tomonlama qadrlash va qalblarida quvonch ulashish maqsadida  2002-yil — “Qariyalarni qadrlash yili” deb e’lon qilingan edi. Mana bu yil ham an’anaga amal qilingan holda muhtaram Prezidentimiz tomonidan  “Keksalarni e’zozlash yili” deb e’lon qilindi. Mana shuning o’zi ham keksalarimizga ko’rsatilayotgan g’amxo’rlikdan, e’tibordan dalolatdir. Mening bobom va buvim doimo davlatimizning rivojlanishi,  yurtimizda tinchlik bo’lishini, har bir  mahallada va oilada farovonlik hukm surishini tilab duo qiladilar. Yaqinda bobojonim va buvijonim muqaddas haj safariga borib kelishdi. Ular doim yurtimizning mustaqilligiga ko’z tegmasin, deya ko’zlariga yosh oladilar. Yurtimizda bo’layotgan mana shunday imkoniyatlar, biz yoshlarga yaratilayotgan sharoitlardan ham unumli foydalaninglar, deb uqtirishadi. Yurtimizda har tong qo’llarini duoga ochib omonlik-tinchlik tilaydidan piri badavlat otaxon-u onalarimiz juda ham ko’p. Ularning duolari sharofatidan bizning jannatmakon  Vatanimiz O’zbekiston bundan keyin ham mustaqillik yo’llaridan og’ishmay ildam kamolat sari olg’a boraveradi. Shunday insonlar bor ekan, yurtimiga hech qachon ko’z tegmaydi.
            Bugun faxriylarimizning hurmatini joyiga qo’yish, ko’nglini ko’tarish, ularning hayotini mazmunli qilish yo’lida olib borilayotgan ishlarni kuchaytirish zarur. Bu borada biz yoshlar ham yoshi ulug’larga yordam berish uchun qo’limizdan kelgancha, harakat qilamiz.
                                 Murodingiz ne edi, otam,
                           Tinim bilmay o’tgansiz nechun,
                           Bobolardek kurashib biz ham,
                           Yashaganmiz kelajak uchun! 
Hayotning ba’zi qonunlarini o’zgartirib bo’lmaydi. Hayotda nur bo’lgan joyda soya ham bo’lar ekan. Bu azaliy haqiqat. Ming afsuslar bo’lsinki, ba’zi yoshlar, hattoki, ayrim ota-onalar qariyalarimizga e’tibor ham berishmaydi. Ota-onalarimizga e’tibor, mehr-muruvvat va shafqat kabi fazilatlarni o’z farzandlari tarbiyasida shakllantirishga alohida e’tibor berishlari kerak.Bugungi tinch va totuv kunlarga  ular tufayli erishganimizni yodimizda saqlaylik. Oilamiz va mahallamiz ustuni bo’lgan keksalarni hurmat qilish, e’zozlash, ularga e’tibor qaratish, yolg’iz yashovchi keksalarning holidan xabar olish barchamizning farzandlik burchimizdir.  Ota-ona, Vatan va jamiyat ravnaqi uchun hissa qo’shgan o’g’il-qizlarni o’stirib, oilam, deb jon kuydirgan bobo va buvilarni qadrlashimiz zarur. Mana shu insonlar tufayli oilamizda fayz-baraka, mahallamizda esa farovonlik, ahillik hukm surmoqda. Shuning uchun ham xalqimizda “Qarisi bor uyning parisi bor”, “Qariyalar xonadonimizning fayzi va farishtasi” degan maqol va hikmatli so’zlar bor. Muborak hadis-u shariflarning birida shunday deyiladi: “Yosh yigit keksa kishini yoshi ulug’ligi uchun hurmat qilsa, Alloh taolo uni ham keksayganida hurmat qilinadigan insonlar qatoriga qo’yadi”
            Men o’z fikrimni xulosa qilar ekanman, barchamizni oq yuvib, oq taragan, ona yurtimizning og’ir yukini, uning quvonch va tashvishini umr bo’yi yelksida ko’tarib kelgan mo’tabar bobolarimiz va momolarimizni rozi qilish, ularning duosini olish dunyodagi eng ulug’ eng savob ish deb bilaman. Keksalarni hamisha e’zozlab yashayman.    
Namangan viloyati
Namangan tumani
25-sonli maktab
8 «A» sinf o'quvchisi
Zunnura Abdusamatova G'ayratjon qizi
     E mail: zunnura-2000.id.uz
tel:+99890 260 36 62